07:20 / 16.03.2019
5 031

Milliy gvardiyaning ayol harbiy xizmatchilari togʻ tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazdi

Milliy gvardiyaning ayol harbiy xizmatchilari togʻ tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazdi
Milliy gvardiya maxsus boʻlinmalarida xizmat qilayotgan bir guruh ayol harbiy xizmatchilar Chotqol togʻ tizmasining Chimyon togʻ bagʻirlarida oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmatiga tayanib Sof.uz maʼlum qildi.

Mashgʻulot qatnashchilari uch kun davomida havo harorati 4−6 daraja boʻlgan togʻ sharoitidagi ogʻir holatlarda bardoshlilik, aholiga tezkorlik bilan yordam berish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash koʻnikmalarini hamda jangovar harakatlarni bajarish tajribasini oshirishga qaratilgan vazifalarni bajardilar.

Ayol harbiy xizmatchilar dengiz sathidan 2500 metr balandlikda joylashgan oʻquv mashgʻulot maydonchasida changʻi uchish va oʻq otish tayyorgarligi, qoyalar va tabiiy togʻ toʻsiqlaridan oʻtish mashqlari oʻtkazildi. Harbiy xizmatchilar bu kabi aniq va mukammal harakatlanishni talab etadigan vazifalarni bajarish chogʻida, duch kelish ehtimoli boʻlgan toʻsiqlarni bartaraf etishning bir qator usul va uslublarini amaliyotda sinab koʻrdilar.

Changʻi uchish mashqlari ayol harbiy xizmatchilarda uzoq masofalarga qisqa muddatda yetib borish koʻnikmasini shakllantirishga yordam bergan boʻlsa, qorli hududda oʻtkazilgan oʻq otish tayyorgarligi esa yaqin va uzoq masofalardan aniq nishonga olish koʻnikmasini mustahkamladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiyaning ayol harbiy xizmatchilari togʻ tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazdi