08:48 / 19.03.2019
3 607

Namanganda 733 ming dollarni Qirgʻizistonga olib oʻtishga uringan aka-ukalar ushlandi

Namanganda 733 ming dollarni Qirgʻizistonga olib oʻtishga uringan aka-ukalar ushlandi
Namanganda aka-uka Ahmadxonovlar valyuta qimmatliklarini noquniy ravishda Qirgʻistonga olib chiqib, konvertatsiya qilmoqchi boʻldi. Ammo ularning bu urinishlari amalga oshmadi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari boʻyicha Uychi tuman sudi raisi Jamshid Maʼmurov maʼlum qildi.

2018 yilning sentabr oyida aka-uka Ahmadxonovlar tanishlari B.Joʻrayev, O.Mahmudov hamda boshqa shaxslar bilan til biriktirib, bojxona nazoratini chetlab, valyuta qimmatliklarini Oʻzbekiston bojxona chegarasidan Qirgʻizistonga oʻtkazib, rasmiy qidiruvda boʻlgan boshqa shaxsning Dubay va Turkiyadagi bank hisob raqamiga konvertatsiya qilish haqida oʻzaro kelishadi.

Oʻtgan yil sentabr oyidan 2018 yil 23 oktyabrga qadar B.Joʻrayev tomonidan Toshkent shahridagi xonadonda yigʻilgan 733.088 AQSH dollarini A.Ahmadxonov oʻzining boshqaruvidagi avtomashinaga yuklab, Namangan viloyatining Chust tumaniga olib keladi. U valyuta qimmatliklarini Qirgʻizistonga oʻtkazishi va O.Mahmudovga yetkazishi kerak edi.

Biroq ularning bu rejasi amalga oshmadi. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida Chust tumani, Karkidon qishlogʻi hududida DXX Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan avtomashina toʻxtatiladi. Xolislar ishtirokida mashina yukxonasi zaxira balloni oʻrniga joylashtirilgan 3 dona qora rangli polietilen paketlarga solinib, skoch bilan oʻralgan 6.030.389.388 soʻmga teng 733.088 AQSH dollari, A.Ahmadxonov va O.Mahmudovdan 18.508.725 soʻmga teng 2250 AQSH dollari hujjatlashtirib olinadi.

Shundan soʻng A.Ahmadxonov, B.Joʻrayev, O.Mahmudov va B.Ahmadxonov Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Uychi tuman sudida ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqilib, sudlanuvchilarga nisbatan 5 yil va 5 yilu 1 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

733.088 AQSH dollari va 2250 AQSH dollari hamda valyuta qimmatliklari tashilgan Nexia rusumli mashina davlat daromadi hisobiga oʻtkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 733 ming dollarni Qirgʻizistonga olib oʻtishga uringan aka-ukalar ushlandi