Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirovning oʻgʻli Alisherbek Qodirov Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uning shaxsi qidiruvga berilgan.
Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 1974 yili tugʻilgan Alisherbek Qodirov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) 2-qismi “a” bandi, 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (“Firibgarlik”) 3-qismi “a” bandi, 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanadi.
OAV xabariga koʻra, kichik Qodirov Yevropa davlatlaridan birida, xususan Ispaniyada boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Alisherbekning otasi, 15 yil davomida Bosh prokuraturani boshqargan Rashid Qodirov 2015 yili lavozimidan boʻshatilgandi. U 2018 yil 22 fevralda Toshkent shahrida qoʻlga olingan va tergov figuranti sifatida soʻroq qilingan. Sobiq Bosh prokuror ham turli koʻrinishdagi jinoyatlarni sodir etishda ayblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi