21:09 / 25.03.2019
3 095

Shokolad qutisiga yashirilgan “Opiy” fosh etildi

Shokolad qutisiga yashirilgan “Opiy” fosh etildi
Davlat bojxona qoʻmitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Toshkent halqaro aeroporti orqali yurtimizga narkotik moddalarni olib kirishga uringan shaxs toʻxtatib qolindi.

Xorijdan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro Z.Q. (ism shariflari oʻzgartirilgan) “yashil” yoʻlakdan harakatlanish chogʻida toʻxtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratdan oʻtkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida 34 dona rangsiz paketchalarga qadoqlangan holda shokolad qutisiga solingan, toʻq jigarrangli, oʻziga hos oʻtkir hidga ega, shubhali moddalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu fuqarodan ashyoviy dalil sifatida olingan moddalar vazni 200,75 grammni tashkil etuvchi opiy giyohvandlik vositasi ekanligini tasdiqladi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shokolad qutisiga yashirilgan “Opiy” fosh etildi