21:45 / 26.03.2019
3 996

Toshkent koʻchalarida 25 martdan boshlab yana bir qoida kuchga kirdi

Toshkent koʻchalarida 25 martdan boshlab yana bir qoida kuchga kirdi
Toʻxtash taʼqiqlangan belgisini inkor etganlik avtomatik tarzda qayd etiladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

“Toshkent shahrida 25 martda AutoCon-SC/M majmuasiga kiritilgan yangilik sinovdan oʻtkazilishi boshlandi. Yoʻl harakati qoidalaridagi qonunbuzarliklarni avtomatik qayd qilish roʻyxati ”Toʻxtash taʼqiqlanadi“ yoʻl belgisini inkor etish holati bilan toʻldirildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, AutoCon-SC/M majmuasi bilan Toshkent IIBB YHXB ning ayrim maxsus avtomobillari jihozlangan. Mashinaning old oynasida mahkamlangan videokamera 58ta davlatning raqam belgilarini taniydi va yoʻl harakati qoidalari buzilishi holatlarini avtomatik ravishda qayd etadi.

Haydovchilar tomonidan “Toʻxtash taʼqiqlanadi” belgisini inkor qilish maxsus avtomobilning shahar boʻylab harakatlanishi davomida qayd qilib boriladi.

Qoidabuzar haqidagi maʼlumotlar onlayn-tarzda YHXB kompyuter boshqaruv tizimiga kelib tushadi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent koʻchalarida 25 martdan boshlab yana bir qoida kuchga kirdi