06:00 / 05.04.2019
4 381

Go‘sht va sut narxini o‘zgarmasligi ta’minlanadimi?

Go‘sht va sut narxini o‘zgarmasligi ta’minlanadimi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 28 martdagi Qarorga muvofiq, chorva mollarini sug‘urtalash tartibi ishlab chiqiladi.
Samarqand veterinariya meditsina institutining Toshkent filiali ham tashkil etiladi.

Go‘sht va sut narxi barqarorligini ta’minlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan quyidagilar tashkil etiladi:
  • qoramollarni bo‘rdoqiga boqishga ixtisoslashgan korxonalar;
  • sut yo‘nalishidagi korxonalar.

Qaror bilan 2019-2021 yillarda chorva mollari soni, go‘sht va sut ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Mazkur ko‘rsatikichlarga muvofiq respublikada 2021 yilga kelib 13 ming 825 bosh chorva mollari, 3 mln 646 ming 300 tonna go‘sht hamda 11 mln 882 ming 500 tonna sut ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bozorda go‘sht va sut narxini barqarorligini ta’minlash choralari belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Go‘sht va sut narxini o‘zgarmasligi ta’minlanadimi?