Prezident yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan videoselektor davomida Surxondaryo viloyati bo‘yicha ham gapirib o‘tdi.
«Surxondaryo viloyati hokimini nega ishdan olib tashladim? Viloyatda tartib yo‘q, intizom yo‘q, sharmandalik.
Qonun hamma uchun bir, hokimga ham, militsiyaga ham, xizmat boshlig‘i uchun ham. Qonun bor, jazo muqarrar», deya prezidentning so‘zlarini keltiradi Kun.uz nashri.
Prezident Surxondaryo viloyatida 2 milliard so‘m miqdorida yer va mol-mulk solig‘i to‘lanmaganini qayd etib o‘tgan.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi To‘ra Bobolovga tegishli topshiriqlar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning yozidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Po‘latov 1 aprel kuni bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin lavozimdan ozod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi