18:35 / 10.04.2019
3 573

Rahbarlar uchun yangi kitob chiqarildi

Rahbarlar uchun yangi kitob chiqarildi
Foto: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan «Yosh rahbar ensiklopedik lug‘ati» chiqarildi. Bu haqda nashriyot telegram-kanalida xabar berildi deb yozadi "Xabar" nashri.

«Ideal rahbar» tushunchasi yillar sayin sayqallanib, mohiyatan takomillashib bormoqda. Globallashuv jarayonlariga tobora faol qo‘shilayotgan, yangilanish va o‘zgarishlar bilan yashayotgan O‘zbekiston uchun bugun «universal» rahbarlar har qachongidan ham ko‘proq kerak.

Maktabda, universitetda olingan bilimning o‘zi yetarlimas bugun. Rahbardan ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalari bo‘yicha ma’lumot va axborotga ega bo‘lish talab qilinadi.

«Yosh rahbar ensiklopedik lug‘ati»da davlat va jamoat arboblari chet el diplomatik vakillarini qanday qabul qilishi kerakligidan tortib, davlat sirlariga nimalar kirishigacha izohlab berilibdi. Shunga o‘xshash juda ko‘p ma’lumotlar mujassam. Nazarimizda, nafaqat yosh rahbarlar, balki siyosatga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun ham ajoyib qo‘llanma!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rahbarlar uchun yangi kitob chiqarildi