15:15 / 15.04.2019
6 691

Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy yurtimizda (foto)

Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy yurtimizda (foto)
Kecha 2019 yilning 14 aprel kuni Islom dunyosining mashhur olimi Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh yurtimizga tashrif buyurdilar. Shayxul islom Moskva tashrifidan so‘ng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Buxoroi sharif yo‘l oldilar.

Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh Buxoro aeroportida hurmat va ehtirom ila kutib olindi. Shundan so‘ng aziz mehmon tungi Buxoroi sharifning diqqatga sazovor joylarini, xususan, Eski shahar, qadim madrasalar va masjidlarni, tungi chiroqlar yog‘dusida dillarga huzur baxsh etib turgan Mir arab madrasasini ham tomosha qildilar.



Xufton namozi Masjidi Kamonda Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh ishtirokida ado etildi. Shu asnoda aziz mehmonning birinchi kungi ziyoratlari o‘z nihoyasiga yetdi.


Shu o‘rinda Shayxul islom Muhammad Taqiy Usmoniyning tarjimai hollariga qisqacha to‘xtalib o‘tsak:

Muhammad Taqiy Usmoniy ibn Shayx, muftiy Muhammad Shafe’ ibn Shayx Yosin ibn Xalifa Tahsin Ali ibn Miyonjiy hofiz Karimulloh ibn Miyonjiy Xayrulloh ibn Miyonjiy Shukrulloh hazratlari 1362-hijriy, 1943-melodiy sanada Hindistonning Sahornafur viloyatiga qarashli Devband qishlog‘ida tavallud topdilar. Hind tilida Miyonjiy degan so‘z muallim, deganini bildiradi. U kishining silsilalari Usmon ibn Affonga borib taqaladi.

Muhammad Taqiy Usmoniy Dubay, Bahrayn, Britaniya, Amerika va Avstraliya kabi bir necha davlatlarda ilmiy safarda bo‘lganlar.

Xolid Muhammad Bushofe’ aytadilar: «Men biror kishini Taqiy Usmoniydek yangi masalalarda, xususan bank masalalarida avvalgi ulamolar kitoblari bilan hozirgilar kitobini jamlaganini ko‘rmadim. U zot biror muammoni yechish asnosida kuchli taqvo sohibi ekanlari yaqqol namoyon bo‘lar edi. Men Hind qit’asida bu kishidek muammoni yechishda mazhablar orasini jamlashdek qobiliyatli kishini ham ko‘rmadim».

Manba: islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy yurtimizda (foto)