Foto:«Daryo-LIVE»
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi «Chashmaihofizon» temiryo‘l stansiyasi yaqinida 1 mayga o‘tar kechasi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning «Dehqonobod—Boysun—Qumqo‘rg‘on» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketgan.
«Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ag‘darilgan vagonlarning yo‘lovchilari avtobusda tashilgan. Hodisa haqida rasmiy axborot berilmagan, jabrlanuvchilar haqida ma’lumot (hozircha) yo‘q», deya yozmoqda «Daryo-LIVE».
Mazkur masala yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ushbu vaziyat bo‘yicha hozircha axborot yo‘qligini, tez orada bayonot berilishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘ida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yer sathi cho‘kib, temir yo‘lga ziyon yetgani va poyezd qatnovi to‘xtab qolgan, keyinroq tiklangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi