Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
7 may kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yangi barpo etilgan «Motamsaro ona» haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi vakillari ishtirok etdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, urush faxriylariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
So‘zga chiqqanlar butun dunyoda millionlab insonlar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan, mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lganini, mash’um urushda yarim milliondan ziyod o‘zbekistonlik halok bo‘lganini xalqimiz hech qachon yodidan chiqarmasligini ta’kidladilar.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zbekiston Prezidenti nomidan sovg‘alar topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi