12:30 / 14.05.2019
3 587

Toshkentda soxta ichki ishlar xodimi «Ishni tinchitaman» deb 1500 dollar so‘radi

Toshkentda soxta ichki ishlar xodimi «Ishni tinchitaman» deb 1500 dollar so‘radi
Fuqaroni psixotrop vosita xarid qilganlikda ayblab, uni qamoqqa olish bilan qo‘rqitgan soxta ichki ishlar xodimi ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar organlariga 28 yoshli Ruzmat A. murojaat qilib, 8 may kuni taxminan soat 21.00 da dorixonadan chiqayotganida uning yoniga ikki nafar yosh yigitlar kelib, ulardan biri o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib guvohnomasini ko‘rsatganini ma’lum qilgan. Keyin aniqlanishicha, guvohnoma qalbaki bo‘lgan.

Ruzmat A.ni psixotrop vositani xarid qilganlikda ayblab uni qamoqqa olish bilan qo‘rqitgan, o‘zini Mirali deb tanishtirgan noma’lum shaxs Ruzmatdan «ishni tinchitish» uchun 1500 AQSh dollari talab qilgan. Ruzmat A.unga 500 AQSh dollari bergan.

Tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida IIBB xodimlari tomonidan vaqtinchalik ishsiz Mirali T. qo‘lga olindi. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi («Tovlamachilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov ishlarini olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda soxta ichki ishlar xodimi «Ishni tinchitaman» deb 1500 dollar so‘radi