14:47 / 15.05.2019
3 189

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati...

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati...
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 13.10.2006 yildagi ajrimiga asosan qarzdor M.Ibragimovdan undiruvchi Q.Allanazarovna foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdor M.Ibragimov muqaddam aliment to‘lamaganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudining hukmiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan davlat ijrochisining aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashi to‘g‘risida bir necha marotaba bergan ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Natijada, M.Ibragimovning alimentdan qarzi 01.04.2019 yil holatiga 15.689.197 so‘mni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasida “Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, — o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi” deb ko‘rsatilgan.

Shunga asosan, M.Ibragimovga nisbatan to‘langan hujjatlar uning javobgarlik masalasini hal qilish uchun Hazorasp tuman ma’muriy sudiga o‘tkazilgan.

Hazorasp tuman ma’muriy sudi tomonidan M.Ibragimovga nisbatan to‘plangan hujjatlarni mazmunan ko‘rib chiqilib, uning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasidan nazarda tutuilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lganligi sababli unga nisbatan 15 kun muddat qamoq jazosi qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati...