11:40 / 16.05.2019
2 797

O‘zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o‘tkaziladi (video)

O‘zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o‘tkaziladi (video)
O‘zbekiston Mudofaa vazirligiqo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida shu yilning 25-26 may kunlari “Hech bir ijobiy g‘oya e’tibordan chetda qolmaydi”shiori ostida“TECHNO DISCOVERY-2019” festivali o‘tkaziladi.

Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydonidabo‘lib o‘tadigan ushbu festivalda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, boshqa vazirlik va idoralar xodimlariloyihalari bilan ishtirok etadi.

Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan innovatsion loyihalar qabul qilinadi.

Loyihalar 30 soniyali video lavha va foto materiallar tarzida, ishlanma va ishtirokchi haqidagi to‘liq ma’lumotlar yozilgan holda (+998 93) 671-75-47 raqamning Telegram-mesenjeriga yuborilishi so‘raladi.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 269-85-08, (71) 269-85-45.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o‘tkaziladi (video)