19:30 / 20.05.2019
27 680

Oila Vatan ichra "kichik Vatan"dir

Oila Vatan ichra "kichik Vatan"dir
Oila tabiatning shoh asaridir va kishilik jamiyatining eng mukammal ijodidir. Eng go‘zal insoniy tuyg‘ular oila atalmish “kichik Vatan”da shakllanadi, sayqal topadi. Yurt ravnaqi, mamlakat rivojida oilalarning o‘rni beqiyosdir. Chunki ahil, inoq, mustahkam oilada yurt koriga kamarbasta kelajak avlod kamol topadi.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan harbiy xizmatchilarning oilalarini ma’naviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit hamda sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamlashga va yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusni amalga oshirishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari o‘rtasida 3 bosqichdan iborat bo‘lgan “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovi buning yaqqol misolidir.

Kuni kecha 15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan, dastlabki bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchi oilalar o‘rtasida ushbu tanlovning Respublika bosqichi o‘tkazildi. Yakuniy bosqichda 8 nafar oila qur’a tashlash yo‘li bilan ketma-ketligini aniqlab olgan holda 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Har bir ishtirokchi oila tanloviga puxta tayyorgalik ko‘rgan bo‘lib, shartlarga muvofiq o‘z shiori va ko‘krak nishoniga ega. Tanishtiruv, erkin mavzuda sahna ko‘rinishi hamda intellektual salohiyatni sinovdan o‘tkazish shartlari bo‘yicha bellashgan oilalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan tanlov nizomi mezonlari asosida baholab borildi.

Tadbir davomida ijro etilgan turli she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashgan bo‘lsa, giyohvandlik, diniy ekstremizm kabi illatlar tasvirlangan sahna ko‘rinishlari barchani ogohlikka chorladi.

“Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida Samarqand viloyatidan tashrif buyurgan Soatovlar oilaviy jamoasi eng yuqori ballni qo‘lga kiritib, ushbu tanlovning mutloq g‘olibi bo‘ldi.

– Bugun bizning oilamiz birinchilikni qo‘lga kiritganidan behad hursandmiz. Raqib jamoalar kuchli ekanligini, sog‘lom raqobat bo‘lishini bilib, juda qattiq tayyorgarlik ko‘rdik. Ushbu tanlovni tashkil etgan Milliy gvardiya qo‘mondonligiga va barcha bosqichlarda bizni qo‘llab-quvvatlagan Ota-Onalarimiz, kasbdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, – deydi kichik serjant Soatov To‘lagan.

Shuningdek, 3 ta sovrinli o‘rindan tashqari oilaviy jamoalar “Eng quvnoq oila”, “Eng bilimdon oila” kabi turli nominatsiyalarda taqdirlandilar. Barcha g‘olib va sovrindor oilalarga diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila Vatan ichra "kichik Vatan"dir