2019 yilning 1 iyunidan boshlab O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazning narxi oshmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi №897-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi nazarda tutilgandi. Chunonchi, maishiy iste’molchilar uchun 1 metr kub tabiiy gazning narxi hozirgi 320 so‘mdan 350 so‘mgacha, elektr energiyasining 1 kilovatti hozirgi 250 so‘mdan 280 so‘mgacha oshishi kerak edi.
«Tabiiy gaz va elektr energiyasiga belgilangan narxlar oshiriladi, lekin 1 iyundan emas. Biz narx oshirilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydik», — deyishgan Moliya vazirligidagilar.
Avvalroq, Markaziy bankdagilar fevral-mart oyidagi cho‘qqiga erishilgach, yillik inflyatsiya pasaya boshlashi, biroq iyun oyidagi elektr energiyasi va tabiiy gazga avvaldan belgilangan narx oshirilishi uning pasayishini to‘xtatuvchi omil bo‘lib xizmat qilishini aytib o‘tishgan edi.
«2019 yilda inflyatsiya sur’ati tezlashishining asosiy xatarlari iqtisodiyotda yuqori inflyatsion kutilmalarning saqlanib qolishi, QQS bo‘yicha yangi to‘lov mexanizmining joriy etilishi hisobiga alohida tovar va xizmatlar narxlarining o‘sishi, shuningdek energiya resurslari narxlari oshirilishining ikkilamchi ta’siri ko‘lamining kengayish ehtimolining mavjudligi bilan bog‘liq», — deyishgandi yanvarda MBdagilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?