12:10 / 14.06.2019
2 982

Adliya vazirligi: abituriyentlardan hech qanday qoʻshimcha toʻlov olinmaydi

Adliya vazirligi: abituriyentlardan hech qanday qoʻshimcha toʻlov olinmaydi
Adliya vazirligi bu yildan joriy etilgan, ayrim toifadagi abituriyentlardan OTMga hujjat topshirishda olinadigan EKIHning 50 foizi miqdoridagi toʻlovdan tashqari yana EKIHning 50 foizi miqorida toʻlov borligi haqida xabarga munosabat bildirdi.

“Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjatlarni qabul qilganlik uchun qoʻshimcha toʻlov yoʻq. faqat bitta toʻlov qilinadi. Faqatgina bitta toʻlov – eng kam oylik ish haqining 50 foizi, DTMga test topshirganlik uchun undiriladi, tamom”,- deyiladi Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabarida.

Davlat xizmatlari agentligi ham Davlat xizmatlari markazlari orqali belgilangan Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirganlik uchun,shuningdek davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmasligini maʼlum qilgan.

Bundan avvalroq huquqshunos va bloger Xushnud Xudayberdiyev ikkinchi marta hujjat topshirayotgan abituriyentlarning bir qismi - bu yil Davlat xizmatlari markazlari orqali Toshkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Samarqand davlat universitetiga hujjat topshiradiganlar ikki marta toʻlov qilishi haqida post qoldirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi: abituriyentlardan hech qanday qoʻshimcha toʻlov olinmaydi