14:00 / 20.06.2019
3 339

Samarqanddagi poligonda jangovar vaziyatdagi harbiy xizmatchi ruhiyati koʻrsatib berildi (video)

Samarqanddagi poligonda jangovar vaziyatdagi harbiy xizmatchi ruhiyati koʻrsatib berildi (video)
Samarqand viloyatidagi “Sazagan” dala oʻquv maydonida batalyon shaxsiy tarkibi uchun jangovar vaziyatdagi murakkab jarayon aks etgan koʻrgazmali mashgʻulot tashkil etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Harbiy qism psixologi hamda batalʼon komandirining oʻrinbosari tomonidan sahnalashtirilgan jangovar vaziyat, yarador boʻlgan harbiy xizmatchining ruhiyatidagi oʻzgarishlar, berilgan vazifani muvafaqqiyatli bajarishga toʻsqinlik qiluvchi omillar, jangchini hayotiga tahdid soluvchi ehtimoliy mafkuraviy va psixologik harakatlarga qarshi kurashish yoʻllari koʻrgazmali vositalar yordamida koʻrsatib oʻtildi.

Tadbir soʻnggida poligonda harbiy xizmatchilar tomonidan madaniy hordiq ishlari tashkil etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi poligonda jangovar vaziyatdagi harbiy xizmatchi ruhiyati koʻrsatib berildi (video)