14:00 / 26.06.2019
4 581

Respublika bo‘ylab harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilar qabul qilinmoqda

Respublika bo‘ylab harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilar qabul qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilgan ilk kunlardan boshlab, uning saflariga ma’nan boy, qadriyatlarimizga an’ana
va urf-odatlarimizga sodiq, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli bo‘lgan yoshlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi qisqa vaqt ichida o‘zining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlash bilan bir qatorda saflarida har qanday sharoitda jamoat tartibi va aholining xavfsizligini himoya qilishga qodir bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirishning yangicha, ya’ni uzluksiz kadrlar tayyorlash tizimini ham yo‘lga qo‘yishga ulgurdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi safini to‘ldirish uchun yoshlarni umumiy o‘rta ta’lim maktabidan boshlab harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda respublikamizning har bir viloyatida 4 tadan, umumiy hisobda 56 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Milliy gvardiya tizimi uchun kadrlarni uzluksiz va maqsadli tayyorlaydigan harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ishtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur maktab bitiruvchilari kelgusida Milliy gvardiya idoraviy akademik litseylarida, ya’ni Temurbeklar maktabida, keyinchalik esa Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida yoki republikamizdagi boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishi va kelajakda o‘qishni bitirgan ofitserlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saflarini to‘ldirishi rejalashtirilgan.

Respublika bo‘yicha har bir harbiy vatanparvarlikka yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga 26 nafardan o‘quvchi o‘qishga qabul qilinishini inobatga oladigan bo‘lsak, 56 ta ixtisoslashtirilgan sinflarga jami 1456 nafar o‘quvchi har yili qabul qilinadi.
2018/2019 o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan sinflarning 7-sinfiga qabul qilingan 1456 nafar o‘quvchilar 7-sinfni muvaffaqiyatli tamomlab, yozgi ta’tilga chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya qo‘mondonligining «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflariga 2019/2020 o‘quv yili uchun navbatdagi qabul e’lon qilindi.

Ixtisoslashtirilgan sinflarga kimlar qabul qilinadi? Ixtisoslashtirilgan sinflarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib o‘qitish belgilangan o‘quv fanlaridan muayyan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘quvchilar tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.

O‘qishga topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
1)ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori nomiga ariza;
2)tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
3)086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
4)psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar;
5)3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
6)fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
7)o‘qish joyidan tavsifnoma;
8)mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsifnoma va ma’lumotnoma;
9)ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchining iste’dod va iqtidorini ko‘rsatuvchi ishlaridan namunalar (agar ular mavjud bo‘lsa).

Hujjatlarning topshirilishi vaqti: Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar 1-20 iyul kunlari ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan sinovlar o‘tkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Imtihonlar qachon va qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi? Ixtisoslashtirilgan sinflarga tanlov 5-20 avgust kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.
Hujjatlarini topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar berib boriladi.
Ixtisoslashtirilgan sinflarga tegishli fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan test hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi va o‘tkaziladi.
Test sinovlari umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari doirasida umumiy o‘rta maktabida ta’lim olib boriladigan tilda o‘tkaziladi.
Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish uchun test sinovlari 60 daqiqa, jismoniy tayyorgarlik sinovlari 120 daqiqa davom etadi.
Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqa davomida tushuntirish ishlari o‘tkaziladigan vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

Imtihon javoblari qachon e’lon qilinadi? Tanlovning yakuniy natijalari 5 kun ichida komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.

Ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul uchun ta’lim sohalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan 5-6-sinflar o‘quv dasturlari asosida tarix fanidan – 20 ta, chet tili fanidan – 10 ta test savoli beriladi. Har bir test savoli 2 balldan baholanadi.
O‘quvchilar komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida test sinovlariga kiritiladi.
O‘quvchilarga tanlov o‘tkaziladigan binoga o‘zi bilan faqat ruchka va toza daftar olib kirishlariga ruxsat etiladi.
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinov umumiy o‘rta ta’limning 6-sinflar o‘quv dasturi asosida 5 ta mashqdan tashkil etiladi va umumiy
40 ball bilan baholanadi.
Test va jismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan o‘quvchilar orasidan ballar yig‘indisi bo‘yicha ketma-ketlikda kamayish tartibida
26 nafari qabul qilinadi.
Tanlovga kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha sinovlar o‘tkazilmaydi.
O‘quvchilarning tanlovdagi ko‘rsatkichlari teng bo‘lib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega bo‘ladi:
•6-sinf reyting ballari bo‘yicha ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan bolalar;
•ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
•kam ta’minlangan oilalarning farzandlari.
Nomzodlarning ko‘rsatkichlari teng bo‘lib qolganda bittadan tarix, chet tili va jismoniy tayyorgarlikdan qo‘shimcha sinov o‘tkazilishi mumkin.

Imtihon javoblari qachon e’lon qilinadi? Tanlovning yakuniy natijalari 5 kun ichida komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
Tanlovni o‘tkazish jarayonidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar
va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq murojaat etishlari mumkin.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 25 avgustga qadar ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori buyrug‘i asosida o‘quvchilar safiga kiritiladi.

Qaysi maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar mavjud? Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan sinflar respublikamizning har bir viloyatida 4 tadan bo‘lib, ular viloyatlar bo‘yicha quyidagi maktablarda tashkil etilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Nukus shahridagi 44-, Xo‘jayli tumanidagi 15-, Chimbay tumanidagi 36-, To‘rtko‘l tumanidagi 18-sonli maktablarda;
Toshkent shahri bo‘yicha Yunusobod tumanidagi 58-, Olmazor tumanidagi 326-, Yakkasaroy tumanidagi 172-, Yashnobod tumanidagi 161-sonli maktablarda;
Toshkent viloyati bo‘yicha Bekobod shahridagi 9-, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 49-, Chirchiq shahridagi 10-, Parkent tumanidagi 5- sonli maktablarda;
Andijon viloyati bo‘yicha Andijon shahridagi 35-, Jalolquduq tumanidagi 49-, Bo‘z tumanidagi 48-, Xo‘jabod tumanidagi 23-sonli maktablarda
Farg‘ona viloyati bo‘yicha Qo‘qon shahridagi 33-, Beshariq tumanidagi 15-, Farg‘ona shahridagi 6-, Oltiariq tumanidagi 14-sonli maktablarda;
Namangan viloyati bo‘yicha Namangan shahridagi 58-, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-, Chortoq tumanidagi 5-, Pop tumanidagi 11-sonli maktablarda;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha Guliston shahridagi 16-, Guliston tumanidagi 27-, Sayxunobod tumanidagi 41-, Xavas tumanidagi 1-sonli maktablarda;
Jizzax viloyati bo‘yicha Arnasoy tumanidagi 22-, Baxmal tumanidagi 78-, Zomin tumanidagi 60-, Jizzax shahridagi 22-sonli maktablarda;
Samarqand viloyati bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 11-, Oqdaryo tumani 45-, Samarqand shahridagi 1-, Samarqand shahridagi 43-sonli maktablarda;
Navoiy viloyati bo‘yicha Navoiy shahridagi 1-, Zarafshon shahridagi 1-, Karmana tumanidagi 10-, Xatirchi tumanidagi 1-sonli maktablarda;
Buxoro viloyati bo‘yicha Buxoro shahridagi 35-, Kogon tumanidagi 9-, Qorovulbozor shahridagi 1-, Qorako‘l tumanidagi 15-sonli maktablarda;
Xorazm viloyati bo‘yicha Urganch shahridagi 24-, Gurlan tumanidagi 42-, Yangiariq tumanidagi 37-, Shovot tumanidagi 53-sonli maktablar;
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha Qarshi shahridagi 45-, Shahrisabz shahridagi 2-, Nishon tumanidagi 35-, G‘uzor tumanidagi 53-sonli maktablarda;
Surxondaryo viloyati bo‘yicha Termiz shahridagi 9-, Oltinsoy tumanidagi 2-, Uzun tumanidagi 4-, Muzrabod tumanidagi 8-sonli maktablarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Respublika bo‘ylab harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilar qabul qilinmoqda