3 484
15 sutkalik qamoqni eshitgan qarzdor birato'la 12,3 mln. so‘m aliment qarzini to‘lab qo‘ya qoldi
Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro xujjatlari bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan aliment qarzdorliklari ikki oydan oshgan qarzdorlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasi bilan 15 kunlik qamoq jazosiga tortilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Ogohlantirishlarga qaramasdan bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 01.11.2016 yildagi, qarzdor X.N.dan undiruvchi B.F. foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandining ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qism miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan bo‘lib ushbu ijro xujjati yuzasidan qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 2019 yil 1 may kuniga qadar 12.328.882 so‘mni tashkil kilib qarzdor tegishli tartibda ogoxlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Qodeksining 474-moddasiga asosan ma’muriy jazo qo‘llash paytida qarzdor tomonidan sud jarayonida alimentdan bo‘lgan 12.328.882 so‘m qarzdorlik to‘liq to‘langanligi uchun sud zalida mahmuriy qamoq jazosidan ozod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi