18:15 / 05.07.2019
4 114

Yana ko‘zbo‘yamachilik. Yashnobod hokimi o‘rinbosari va MTB mudirining suhbati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi (audio)

Yana ko‘zbo‘yamachilik. Yashnobod hokimi o‘rinbosari va MTB mudirining suhbati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi (audio)
Toshkent shahar Yashnobod tumani hokim o‘rinbosari va tumanning Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirining telefon orqali muloqoti ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi onlayn» nashri.

Unda aytilishicha, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Zufarov va MTB mudiri Viloyat Akramova o‘zaro suhbatda tumandagi barcha MTM mudiralarini sobiq «Tashselmash» hududiga yig‘ilishi so‘ralayotgani aks etgan.

Bundan tashqari Zufarov suhbat davomida Akramovaga barcha MTM mudirlarining bog‘chalarga bozorlik qilib kelishini so‘raydi: «Barcha bog‘cha mudirlaringizga tayinlab yetkazib qo‘ying, bozorlik qilib oshxonalarni to‘ldirib qo‘ysin. Mehmonlar (tekshiruvchilar nazarda tutilmoqda — tahr.) ketganidan keyin hamma narsalarini uyiga olib ketaverishadi. Oshxonani [yog‘ tomsa] yalagudek qilib qo‘yishsin. Asosan ijtimoiy soha ob’ektlarini oshxonalariga kirishayotgan ekanda», deyiladi hokim o‘rinbosari ovozi aks etgan audioda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana ko‘zbo‘yamachilik. Yashnobod hokimi o‘rinbosari va MTB mudirining suhbati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi (audio)