12:40 / 16.07.2019
3 021

Soliq tizimidagi yangiliklar-amaliyotga joriy qilinmoqda

Soliq tizimidagi yangiliklar-amaliyotga joriy qilinmoqda
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 27 iyunda qabul qilingan “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati yuzasida Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida tadbirkorlik sub’ektlari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat soliq qo‘mitasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasining malakali mutaxassislari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari vakillari, tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdilar.

Tadbirda ta’kidlanganidek, qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘laqonli zanjirini yaratish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini bermayotganligi bois “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilinib, u mamlakatimizda 2018 yil iyun oyidan buyon amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib, barqaror narx siyosatiga erishilishiga sabab bo‘lishi e’tirof etildi.

Shuningdek, joriy yildan yangi soliq konsepsiyasi amaliyotga joriy etilishi nafaqat biznes vakillari, balki, fuqarolar ish bilan band bo‘lishi va daromadi oshishiga xizmat qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va ijtimoiy to‘lovlar stavkasi keskin kamaytirilgani natijasida joriy yilning o‘tgan davrida O‘rtachirchiq tumanida tumanida 530 dan ortiq yashirin ish o‘rinlari legallashtirildi.

Ayni paytda mazkur tumanda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari zamirida joriy 141ta QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olindi.

Uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq tizimidagi yangiliklar-amaliyotga joriy qilinmoqda