Xorijda ishlab chiqarilgan, ammo bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan alkogolli ichimliklar nafaqat ichki bozordagi raqobat muhitiga, shuningdek yurtdoshlarimizning salomatligiga ham salbiy ta’sir o‘tkazishi tayin.
Shunga qaramay ayrim fuqarolar amaldagi tartiblarni buzgan holda alkogolli mahsulotlarni respublikamizga olib kirishga bo‘lgan noqonuniy urinishlari hamon uchrab turibdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yirik miqdordagi sifati kafolatlanmagan alkogol maxsulotlarining yurtimizga olib kirish holatining oldi olindi. Qo‘shni mamlakatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro M.O.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan, umumiy qiymati 6,3 million so‘mlik spirtli ichimliklarni hech qanday hujjatlarsiz olib kirishga bo‘lgan urinishi fosh qilindi.
Yana bir shunday holatda “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro A.E.ga tegishli “Chevrolet Lacetti” rusumli yengil avtomashina belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinaning yukxonasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, qiymati
1,3 million so‘mlik spirtli ichimliklar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda