Hokim oʻrinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor Toshkentga olib kelindi

  • 30 iyul 2019, 13:30
  • 1 950
  • Jamiyat
  • Hokim oʻrinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor Toshkentga olib kelindi
    Yakkabogʻ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Mansur Toʻymayevning hayotiga suiqasd qilgan tadbirkor Bahriddin Isomovning keyingi taqdiri nima boʻlgani qiziq albatta.

    Bosh prokuraturaning xabar berishicha, B.Islomov hozirda Toshkent shahrida sud-psixiatriya ekspertizasidan oʻtmoqda.

    Yakkabogʻ tumani prokuraturasi tomonidan yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan 20-iyul kuni Bahriddin Isomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25- va 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatgandi.

    Isomovning himoya huquqi taʼminlanib, himoyachisi Sh.Gʻayirov ishtirokida gumon qilinuvchi tariqasida soʻroq qilingan. 21-iyul kuni Isomov Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibda ushlanib, bu haqida yaqin qarindoshlariga maʼlum qilingan va qarindoshlari tomonidan olib kelingan kiyim kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlangan.

    22-iyul kuni Isomovga ayb eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Ayblanuvchi qarindoshlari tomonidan taklif qilingan himoyachisi X.Jabborov bilan xoli uchrashiga sharoit yaratib berilgan.

    Isomovga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanib, jinoyat ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumani sudining 22-iyuldagi ajrimi bilan statsionar tartibda sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish uchun Toshkentga yuborilgan. Shu kuni unga turmush oʻrtogʻi Nodira Haydarova va oʻgʻli Sharofiddin Daminov bilan uchrashuv tashkil qilib berilgan.

    Taʼkidlash joiz, tadbirkor Bahriddin Isomovning doʻkoni buzilmaydigan boʻldi. Uning doʻkonini buzmoqchi boʻlgan tuman hokimi oʻrinbosari Mansur Toʻymayevga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Manba: Xs.uz

    » » Hokim oʻrinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor Toshkentga olib kelindi