Qoidani mensimagan haydovchi sabab «Matiz» shu ahvolga tushdi

  • 09 avgust 2019, 11:03
  • 1 024
  • Jamiyat
  • Qoidani mensimagan haydovchi sabab «Matiz» shu ahvolga tushdi
    8 avgust kuni Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida («Ugolok» kafesi yaqinida) taxminan soat 13.20 da 36 yoshli Abror T. boshqaruvidagi «Matiz» va 49 yoshli Gulnora D. boshqarib borgan «Spark» rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

    «Spark» haydovchisi 2.4 yo‘l belgisini mensimasdan va transport vositalariga yo‘l bermasdan «Matiz» bilan to‘qnashgan. YTH natijasida «Matiz» haydovchisiga bir oz tan shikastlari yetdi, deyiladi IIBB xabarida.

    » » Qoidani mensimagan haydovchi sabab «Matiz» shu ahvolga tushdi