18:35 / 12.08.2019
3 558

Buxoroda qadimiy qo‘lyozmalarda qayd etilgan hammom qoldiqlari topildi

Buxoroda qadimiy qo‘lyozmalarda qayd etilgan hammom qoldiqlari topildi
Buxoro shahrining Mehtar anbar ko‘chasida qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchilar jamoasi tarixiy topilmaga duch keldi, deb xabar bermoqda «Azon.uz».

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu yerdan qadimiy qo‘lyozma manbalarida 16-asrga oid deb ko‘rsatilgan «Kafshi olak» hammomining qoldiqlari, ashyoviy dalillari topildi.

«Topilmani o‘rganish va u haqda ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida Buxoro viloyat tarixchilar ilmiy jamiyatiga murojaat etib bildikki, xuddi shu hududda ‘Bozori kafsh’, ya’ni oyoq kiyimi bozori bo‘lgan. Qadimdan Eski shaharda mavjud o‘nlab bozorlar o‘z hammomiga ega bo‘lgani bilan ham ahamiyatli, – degan Buxoro shahridagi 14-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Madrahim Turdiyev.

Ta’kidlanishicha, 19-asr ikkinchi yarmida Buxoro shahrida gavjum savdo rastalari, karvonsaroylarga tutash 18 ta hammom faoliyat yuritgani haqida ma’lumotlar bor bo‘lib, «Kafshi olak» shunday joylardan biridir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda qadimiy qo‘lyozmalarda qayd etilgan hammom qoldiqlari topildi