Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savolga javob bermoqchiman.
- Prezident Farmoni bilan 1 avgustdan ish haqlari 10 foizga oshirildi. Qoidaga ko‘ra, agar respublikada ish haqlari oshsa, unda talabalarning to‘lov-kontrakt narxlari ham oshadi. Chunki kontraktlar eng kam oylik ish haqiga bog‘lab qo‘yilgan;
- qonunchilikka binoan, ish haqlari oshganda kontraktlar miqdori o‘sha zahoti o‘zgarmaydi, balki keyingi semestrdan boshlab oshadi. Yangi semestr 1 sentyabrdan boshlanadi. Demak, umumiy qoidalar bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, 1 sentyabrdan boshlab talabalar uchun kontraktlar ham oshadi;
- ammo Davlat qabul komissiyasi to‘lov-kontraktlar bo‘yicha yangi qaror qabul qilishi kutilmoqda. Sababi 1 sentyabrdan «eng kam ish haqi» degan tushuncha bekor bo‘lmoqda. Shunga ko‘ra, kontraktlar miqdorini boshqacharoq ko‘rinishda belgilash zaruriyati bor. Katta ehtimol bilan endi kontraktlar EKIHga emas, «bazaviy hisoblash» miqdoriga bog‘lab qo‘yilsa kerak;
- Shuningdek, 17.06.2019 yildagi PQ-4359-sonli Prezident qaroriga asosan, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi berildi. Ammo yangi o‘quv yili boshlanishiga 1 hafta muddat qolishiga qaramay, buning tartibi ma’lum emas, ya’ni stipendiyasiz shaklda kontrakt to‘layotgan talaba qaysi qiymatdagi (3, 4 yoki 5lik) stipendiyani chegirib qolish huquqiga ega, o‘zi olayotgan qiymatda bo‘ladimi yoki hamma uchun umumiy bir xil miqdor belgilanadimi, bunisi hozircha rasman e’lon qilinmadi;
- super-kontrakt narxlari ham hozircha noma’lum;
- 1 sentyabrdan «bazaviy hisoblash» miqdori 223 ming so‘m bo‘ladi. Shunga ko‘ra, quyidagi jadvalda kontraktlarining 1 sentyabrdan kutilayotgan yangi miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid rasmiy xabarlar bo‘lishi bilan xabar berishga harakat qilaman.
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi