Qorako‘l tuman Bandboshi mahalla fuqarolar yig‘ini cho‘l hududida UAZ rusumli avtomashinada kuchli yoritgich asbobi yordamida noqonuniy ov qilib yurgan 4 nafar huquqbuzar to‘xtatilgan. Bu haqda Buxoro viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lum qildi.
Ular o‘zlarini Qorako‘l tuman «Qoraxoji» mahallasida yashovchi fuqarolar deb tanishtirgan.
Huquqbuzarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh jayron otilgan.
Ularni to‘xtatgan harbiy qism xizmatchilari noqonuniy ov bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilgan. Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari voqea joyiga borib, huquqbuzarlardan tushuntirish xatlarini olib, dalolatnoma va bayonnomalarni rasmiylashtirgan.
Ularga tegishli ov qurollari, o‘q-dorilar, kuchli yoritgich asbobi va avtomashina Qorako‘l tuman IIB xodimlariga topshirildi.
Huquqbuzarlarning hatti-harakatida jinoyat alomatlari borligi sababli tergov-surishtiruv olib borish va ularga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish maqsadida ushbu ish bo‘yicha yig‘ilgan hujjatlar to‘plami Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasiga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi