Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi xodimlari tomonidan "Taraqqiyot" mahallasida joylashgan oilaviy korxonasida energiya resurslaridan foydalanishning qonuniyligi tekshirildi.
Fuqaro, oilaviy korxona rahbari G.Qunduzova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalanish qoidalari talablariga zid ravishda umumiy foydalanishda bo‘lgan tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Oilaviy korxona rahbari gazdan "o‘g‘rincha" foydalanib, daromadini yana oshirmoqchi bo‘lganligi tayin. Biroq, daromad o‘rniga zararga qo‘shimcha jarima ham to‘lanishiga to‘g‘ri keldi. Noqonuniy foydalanish natijasida gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga 4.320.000 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. Nonvoy opaning qilmishidan pushaymonligi va aybini tan olgani, yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplaganligi unga nisbatan qonunda belgilangan jarima jazosining eng kam qismidan ham kamroq jarima jazosi tayinlanishiga asos bo‘ldi.
Huquqbuzar G.Qunduzovaga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari qo‘rib chiqilib, unga eng kam oylik ish haqining 2 baravari ya’ni 405.460 so‘m miqdorida ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi va to‘liq undirildi. Endi bunday noma’qul ishga qo‘l urmas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi