19:08 / 13.09.2019
2 412

Yana bir oila yarashtirildi

Yana bir oila yarashtirildi
MIB tashkil etilganidan beri ijro sohasida undirilmay turgan juda ko‘plab summalar undirilishi bilan bir vaqtda aliment masalalari bilan bog‘liq ishlarda ham ijobiy o‘zgarishlarga erishilayotganligi sir emas.

Xususan, oiladan ajrashgan yoki ajrashish niyatida norasida farzandlarini tirik yetimga aylantirayotgan juda ko‘plab ota-onalar davlat ijrochilari tomonidan olib borilayotgan ijro harakatlari jarayonida yarashtirilmoqdaki, bu holat bolalarning yetim bo‘lishini oldini olish bilan bir qatorda jamiyatning kichik bir bo‘g‘ini bo‘lgan oilani saqlab qolish uchun xizmat qilmoqda.

Jumladan, Navoiy shahrida yashovchi onaga FIB Karmana tumanlararo sudining 21.01.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi. Davlat ijrochisi tomonidan javobgarning ish joyi bo‘lgan “Qizilqumsement” AJga 1 aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini qarzdorning ish haqiga qaratish to‘g‘risida talabnoma yuborilgan edi.
Olib borilgan tushuntirishlar natijasida yana bir oila yarashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir oila yarashtirildi