2019 yilda Toshkent birinchi marta har yili 16-22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan va dunyoning 50ga yaqin mamlakat ishtirok etadigan Yevropa harakatlanish haftasining rasmiy ishtirokchisiga aylandi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ko‘magida Toshkent shahri hokimligi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Yevropa harakatlanish haftasi doirasidagi tadbirlarning tashabbuskori hisoblanadi.
16-22 sentyabr kunlari poytaxtda turli xil harakat usullarini targ‘ib qilish va ommalashtirish orqali aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalashtirilgan. Tashkilotchilar poytaxt aholisi va mehmonlarini ikkita kampaniyada ishtirok etishga taklif qilmoqdalar:
Bepul metro kuni
2019 yil 19 sentyabr, Toshkent metrosining barcha stansiyalari
Metrodan foydalanishni ommalashtirish uchun 19 sentyabr kuni metroda sayohat bepul bo‘ladi. Shu kuni stansiyalardagi o‘tishlar musiqachilar, aktyorlar va boshqa ko‘ngilochar dasturlarning sahnasiga aylanadi. Aksiya tashkilotchilari poytaxt aholisi shu kuni o‘z mashinalarini qoldirib, ishxonalariga metroda borishga qaror qilib ushbu transport turining tejamkorligi va tezligini yuqori baholashadi, deb umid qilishmoqda.
Avtomobilsiz kun
22 sentyabr, Toshkent sh., Lutfiy ko‘chasi
22 sentyabr kuni poytaxt aholisi va mehmonlari o‘zlarining mashinalarini tashlab, poytaxtning Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab piyoda sayr qilishga taklif etiladi. Ishtirokchilar bayramona muhitdan zavqlanib, turli ko‘ngilochar va ma’rifiy tadbirlarda qatnashishlari uchun ko‘cha kun bo‘yi avtomobillar uchun yopiq bo‘ladi. Shu kuni shaharda harakatlanish, xavfsizlik, piyodalar, velosipedchilar va haydovchilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning muhimligi mavzusida master-klasslar va mini-musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Avtomobilsiz kun «Seul» bog‘idagi bayram konserti bilan yakunlanadi. Ushbu kun tadbirlari «Birga yuramiz!» shiori ostida o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi