Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr, payshanba kuni suv resurslarini boshqarish tizimini isloh qilish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda sug‘orishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish, ajratilayotgan byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilingan.
Bugungi kunda 3,2 million gektar yerga 46 milliard kub metr suv sarflanib, uning 60 foizi ekinlarga yetib boryapti, xolos. Chunki jami 180 ming kilometr sug‘orish tarmoqlarining 23 foizi beton qoplamali bo‘lib, ular ham 30—35 yildan buyon deyarli yangilanmagan.
Yana bir sababi — ekin maydonlarining 98 foizi eskicha uslubda sug‘orilayotgani, ekinlar nomaqbul joylashtirilayotganidir. Suvdan samarali foydalanish, hisobini yuritish, irrigatsiya tarmoqlarida suv tejovchi yangi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha hech bir tashkilot talab qo‘ymayapti.
Shu bois hududlarning suv ta’minoti va uni tejash imkoniyatidan kelib chiqib, ekinlarni joylashtirishning takomillashtirilgan tizimini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan.
Suv xo‘jaligi vazirligiga Janubiy Koreyaning 7 million dollarlik granti hisobidan 61 ta suv xo‘jaligi ob’ektida suv sarfini onlayn kuzatish imkonini beruvchi «Aqlli suv» tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi. Kelgusi yili 120 ta va 2023 yilgacha 300 ta ob’ektda ushbu tizim tatbiq etiladi.
Energetika vazirligiga 1,7 mingta nasos stansiyasini 2020 yil yakunigacha elektr energiya iste’molining avtomatlashgan nazorat tizimiga o‘tkazish topshirig‘i berilgan. Sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
«Sohada bozor mexanizmlarini tatbiq etish ham zamon talabi. Negaki hozirda hatto yuqori daromad keltiruvchi ekin maydonlari, bog‘lar va tokzorlarga ham suv davlat hisobidan yetkazib berilmoqda. Shulardan kelib chiqib, 2020 yilda 22 ta tumandagi 50 ta ob’ektni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga berish zarurligi ta’kidlandi», — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish zarurligi, ular investitsiya, grant va boshqa mablag‘lar jalb qila oladigan, maxsus texnikalarga ega, fermerlarga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi professional tuzilma sifatida faoliyat yuritishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilar hisobot berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi