2020 yilning boshidan ichki ishlar organlari xodimlaridan xizmat olib borish davomida bodikameralardan foydalanishlari talab etiladi. Biroq, joriy yilning 19 sentyabridan poytaxt IIBBning 50 nafar xodimi xizmatga test tartibida bodikameralar bilan kirishdi (ular qatorida 32 nafar YHXB YPX inspektorlari va 18 ta patrul-post xizmati xodimlari).
IIBB xabariga ko‘ra, keyinchalik Toshkent shahar ichki ishlar organlarining barcha bo‘linmalari, ular qatorida qo‘lga olingan, hibsga olingan va ayblangan shaxslarni, shuningdek, ma’muriy qamoq qo‘llanilgan shaxslarni konvoylash va etaplash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning faoliyatida ham bodikameralardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Shu tarzda keyingi yilning boshiga qadar xizmat davomida bodikameralarni ishlatish, ma’lumotlarni mobil uzatish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilish, jarayonni xizmat olib borish davomida nazorat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil bo‘ladi.
Bodikameralar haqida nimalarni bilish kerak?
“Bodikamera” moslamasi audio- va videokontentni (FullHD formatida) yozish va markazlashmagan tarzda saqlash, keyinchalik ko‘rib chiqish, favqulodda vaziyatlarda markazlashgan dispetcherlik xizmatiga “xavotir” signalini yetkazish, real vaqt rejimida mobil guruhlarning joylashuvlari va faoliyatlarini masofadan turib monitoring qilish imkoniyatini beruvchi moslamadir. Qiziqarlisi, bodikamera moslamasi infraqizil yoritish qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu qurilma tungi vaqtda ham o‘n metrlik masofani yoritib, videoga olib borish imkoniyatini beradi.
Xodimda kontentni yozilish jarayoniga aralashish, uni tahrir qilish va o‘chirish imkoniyati yo‘q: kamera, xodim uni qabul qilish vaqtidan boshlab, qaytarib topshirgunga qadar videoga olib boradi. Moslama korpusi ochilmasligi uchun maxsus himoya bilan jihozlangan.
Shuningdek moslama yordamida radioaloqaga chiqish imkoniyati bor.
Toshkent shahar IIBB qoshidagi Monitoring markazi
Yozuvlar natijasi maxsus serverda bir oy davomida saqlanadi. Bodikameralarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan axborot tizimida monitoring markazini tashkillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Aynan o‘sha yerda bodikameralar tomonidan qayd etilgan ma’lumotlar saqlanadi va ko‘rib chiqiladi. Moslamaning xotira kartasidan serverga ma’lumotlarni ko‘chirish, maxsus dasturiy ta’minot tomonidan WI-FI ma’lumotlar ko‘chirish simsiz tarmog‘i yordamida doimiy dislokatsiya joyiga yetib kelgach amalga oshiriladi (arxivga saqlash jarayoni inson aralashuvisiz amalga oshadi). Markaz operatorida moslamaga masofadan turib bog‘lanish va nazorat qilish imkoniyati mavjud.
Monitoring markazidagi maxsus elektron kartada har bir xodimning ayni vaqtda joylashgan manzili, hamda ushbu manzilning patrullash yo‘nalishiga muvofiqligi aks etadi.
Bundan tashqari, shu yerda favqulodda vaziyatlar holatlarida harakatlar koordinatsiyasi amalga oshiriladi: monitoring markaziga avtomatik tarzda geo-, audio- va videoma’lumotlar yopiq (himoyalangan) aloqa kanallari orqali yetkazilib turiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi