11:50 / 30.09.2019
2 908

5 bosh qo‘yni olib ketgan talonchilar ushlandi

5 bosh qo‘yni olib ketgan talonchilar ushlandi
Foto: IIV axborot xizmati
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 22 sentyabr kuni soat 00:30larda 5 nafar noma’lum shaxs davlat raqami belgisi bo‘lmagan “VAZ-21011” rusumli avtomashinada shu tumandagi fermer xo‘jaligiga kelib, fermer xo‘jaligi ishchisi B.X.ning hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, 5 bosh qo‘yni avtomashinaga ortib olib ketgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan D.Sh., 2001 yilda tug‘ilgan B.A., 2000 yilda tug‘ilgan S.X., 2001 yilda tug‘ilgan A.O. va 1997 yilda tug‘ilgan U.X.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. 4 bosh qo‘y esa jabrlanuvchiga qaytarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotida aytilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 bosh qo‘yni olib ketgan talonchilar ushlandi