11:22 / 06.05.2024
1 415

Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Foto: Instagram
Xonanda Shohjahon Jo‘rayev o‘z otasi, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevni 2022 yilda sudga bergani ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudida ko‘rib chiqilgan da’vo uyga kiritish bilan bog‘liq nizo bo‘lgan. Sudning hal qiluv qarori sudya Ikromjon Qurbonboyev tomonidan 2022 yil sentyabr oyida qabul qilingan.

Skrinshot: Oliy sud
Ish turkumi xususiy uy-joy fondidan foydalanish, tasarruf etish, egalik qilish bilan bog‘liq nizolar (uyga kiritish bilan bog‘liq nizolar) bo‘lib, ish hujjatlariga ko‘ra, da’vo qanoatlantirilgan va apellyatsiya bo‘lmagan.

Shu kunlarda xonanda Botir Qodirov javobgarlar — Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlardan otalikni belgilash talabi bilan chiqqan sud ishi davom etmoqda. Holat yuzasidan izoh bergan Zohirshoh Jo‘rayev jamoatchilikdan bunday piar va hayplarga oilasini aralashtirmaslikni iltimos qilgan.

Keyinroq Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning nikohli farzandi ekanligi hamda marhum hofizning o‘g‘illari bilan nima maqsadda sudlashayotgani haqida gapirgan edi. Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya Botir Qodirov haqiqatan ham Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekanligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi