14:30 / 08.10.2019
2 689

“Yashil” yo‘lakdagi dron to‘xtatib qolindi

“Yashil” yo‘lakdagi dron to‘xtatib qolindi
Bojxonachilar mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib borishmoqda.

Jumladan, Namangan xalqaro aeroportiga “Moskva-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro R.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning yuklari ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yashil” yo‘lakdagi dron to‘xtatib qolindi