Foto:«O‘zA»
Farg‘onalik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajardi.
O‘zAning yozishicha, Fermer xo‘jaliklari tomonidan mo‘l hosil yetishtirilib, 238 ming 600 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi, uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.
Darhaqiqat, g‘o‘zaning hudud sharoitiga mos navlarini to‘g‘ri tanlab joylashtirish, obi-tobida ekish mo‘l hosilga qo‘yiladigan talablardan biridir. Joriy yilda 2 ming 149 ta fermer xo‘jaliklari 82 ming 80 gektar maydonga chigit ekdi. G‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirishda avvalo hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minoti hamda sohaning yetakchi olim va mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, klaster korxonalari takliflari inobatga olindi.
G‘o‘zaning «S-8290», «Namangan-77», «Sulton», «S-6524» navlari ekilib, agrotexnik tadbirlarga muhim e’tibor qaratildi. Dunyo paxtachiligida tola sifati va hosildorligi yuqori, ertapishar, kasallik va zararkunanda hasharotlarga chidamli, tabiatning turli noqulayliklariga bardoshli g‘o‘za navlarini yaratish eng muhim vazifalardan sanaladi. E’tiborli jihati, bu yil viloyatda 6 ming 980 gektar maydonda yangi navlar sinovdan o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi