12:46 / 13.10.2019
4 044

Endi Oʻzbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi bilan Rossiyada mashina boshqarish mumkin

Endi Oʻzbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi bilan Rossiyada mashina boshqarish mumkin
Oʻzbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi Rossiya Federatsiyasida tan olinadigan boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlum qilib oʻtdi.

“Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bosh boshqarmasiga tayanib maʼlum qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasida 2011-yil 28-martga qadar berilgan, amal qilish muddati belgilanmagan haydovchilik guvohnomalari Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasining 41-43-moddalari va 6-7-ilovalariga muvofiq Rossiya Fedratsiyasi hududida tan olinadi.

Oʻzbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq Bosh konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qildi”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi Oʻzbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi bilan Rossiyada mashina boshqarish mumkin