2 779
To‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinadi
Endilikda to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar evakuator yordamida yo‘ldan olib tashlanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 apreldagi «Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan amaldagi yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.
Ushbu kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra 7.21 raqamli (evakuator ishlamoqda) qo‘shimcha axborot belgisi poytaxt ko‘chalarida o‘rnatilgan. Mazkur belgi to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinishini anglatadi.
Taqiq belgilari ta’siri ostida agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga ko‘ra, transport vositasi ushlab turilishi uchun evakuatorda majburiy evakuatsiya qilinadi.
Toshkent shahar IIBB YHXB qonunchilikdagi mazkur o‘zgarishlar amalga tatbiq etila boshlanganini eslatgan holda aholidan o‘z avtomashinalarni to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan joylarda qoldirmasliklarini iltimos qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi