09:10 / 16.10.2019
2 325

Odamlar davlat organlari bilan erkin va qo‘rqmay muloqotga kirishmoqda

Odamlar davlat organlari bilan erkin va qo‘rqmay muloqotga kirishmoqda
Adliya vazirligi aholi uchun foydali va zarur tadbirlarni muntazam davom ettirishga kirishdi. Fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan “Huquqiy bilimlar kuni” aksiyasi bu yil ham o‘tkazildi.

Aholining huquqiy bilimini baholash va rag‘batlantirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, shuningdek qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlar bu yil ham 12 oktyabr kuni butun respublika bo‘ylab o‘tkazildi.

#huquqiybilimlarkuni heshtegi ostida o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hamda ulardagi tumanlar markazlarida tashkil etildi.
Toshkent shahri hududida esa bir vaqtning o‘zida 2 ta joyda: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ecobozor” savdo majmuasi, Yunusobod tumanidagi “Oloy” bozori bo‘lib o‘tdi.
Fleshmobda fuqarolarga hududiy adliya organlari va adliya bo‘limlari xodimlari hamda notariuslar va advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Shu kuni adliya vazirligi rahbariyati ham tadbirda ishtirok etdi va fuqarolar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularni qiynayotgan masalalar xususida huquqiy maslahatlar berdi, ayrim muammolarni o‘z nazoratiga oldi.
Tadbirda huquqni faol targ‘ib qilish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazishga asosiy e’tibor qaratildi. Shu maqsadda tadbirga malakali notariuslar, advokatlar jalb etildi.

Aholi gavjum joylarda o‘tkazilgan ushbu tadbirlar, avvalo, erkin va samimiy ruhda o‘tgani, fuqarolarga adliya organlari mulozimlari bilan bevosita norasmiy muloqotda bo‘lish imkonini yaratgani bilan ahamiyatlidir. Buni ishtirokchilar ham alohida ta’kidladilar.
Masalan, “Oloy” bozori oldida tashkil etilgan huquqiy maslahat nuqtasida bo‘lgan fuqaro Sevinch Ergasheva shunday deydi:

— Ochig‘ini aytaman, advokat xizmatlari arzon turmaydi. Ba’zan arzimas masala uchun notariusda uzoq navbat kutishga to‘g‘ri keladi, kein bilsak, ishimiz umuman boshqa joyda oson bitishi mumkin bo‘lib chiqadi. Shunday vaziyatlarda odam beminnat va tezkor huquqiy maslahatchiga ehtiyoj sezadi. Mana bugun men ham o‘zim uchun foydali maslahat oldim: qachondan beri notarius orqali bitirishim kerak deb o‘ylab yurgan ishim Davlat xizmatlari markazi orqali tez va kamchiqim tarzda oson hal qilinishi mumkinligini bilib oldim. Bu aksiya ana shunday to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgani va ovoragarchilikrning oldini olib, muammolarni oson va qulay yechish yo‘llarini ko‘rsatib bergani uchun ham juda kerak.
Tadbirda ishtirok etib, jarayonni o‘z ko‘zi bilan kuzatgan xolis inson sifatida taniqli aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova shunday dedi:

– Men odamlar davlat organlari bilan erkin va qo‘rqmay muloqotga kirisha boshlaganlarini ko‘rdim. Bu meni quvontiradi. Ilgari vazirlik yoki yuqori darajali idoralar eshigian ichkariga o‘tib, mansabdorlar bilan uchrashish amri mahol edi. Mana endi prezidentimiz ham, boshqa oliy mansabdorlar ham o‘zlari xalq orasiga erkin kirib boryaptilar. Bu odamlarga ko‘tarinki ruh va kelajakka umid beradi. Bugun adliya vazirining prezidentimizning xalq bilan muloqot siyosatiga labbay deb javob berib, odamlar bilan bevosita muloqot qilayotgani meni quvontirdi.

Fleshmobda minglab ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Ularga Adliya vazirligi tomonidan minimal talablar asosida ishlab chiqilgan hamda aholi bilishi lozim bo‘lgan uy-joy, oila, soliq, bank, tadbirkorlik, yer, mehnat va ta’lim qonunchiligiga oid, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta bilan bog‘liq munosabatlar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va boshqa sohalarga oid 3000 dan ortiq huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi. Shuningdek, 30 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot materiallari bepul tarqatildi.

Huquqiy fleshmob butun respublika bo‘ylab jami 15 ta hududda o‘tkazildi. Unda huquqni faol targ‘ib qilish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazishga asosiy e’tibor qaratildi.

Fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga rag‘batlantirish uchun fleshmob doirasida tanlov-testlar, viktorinalar, huquqiy targ‘ibotga doir boshqa aksiyalar tashkil etildi.
Xususan, fuqarolar tomonidan 10 mingdan ortiq huquqiy testlar yechilib, 5 mingdan oshiq faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odamlar davlat organlari bilan erkin va qo‘rqmay muloqotga kirishmoqda