«Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak»

  • 17 oktyabr 2019, 23:42
  • 636
  • Jamiyat
  • «Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak»
    O‘zbekistonda dabdabali to‘ylar qilishda nafaqat boylar, balki amaldorlar ham salbiy namuna bo‘lmoqda. Bu fikr Yoshlar press-klubining to‘ylarni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi anjumanida «Nuroniy» jamg‘armasi Respublika boshqaruvi bo‘limi mudiri Shavkat Mirolimov tomonidan bildirildi.

    Shavkat Mirolimovning ta’kidlashicha, «pul topib aql topmaganlar» — dabdabali to‘y qilayotganlarning faqatgina bir toifasi. Buning ikkinchi toifasi esa amaldorlar hisoblanadi.

    Hammamiz to‘ylarga boramiz, oshlarga boramiz. Nazar solib, o‘rganib, qarab yursam, dabdabali to‘ylarni o‘tkazayotganlarning hammasi ham pul topib aql topmagan boyvachchalar emas. Ayniqsa rahbarlarga yoqmaydigan bir gapimni aytmoqchiman.

    Pul topib aql topmaganlar dabdabali to‘y qilayotganlarning bir toifasi bo‘lsa, amaldorlarimizning to‘ylari — shuning ikkinchi toifasidir. Vazirlarimiz, hokimlarimiz, katta maosh olib, katta daromadli joyda ishlaydigan amaldorlarimizning to‘ylari — 100 foizi desam adasharman — 99 foizi dabdabali bo‘lyapti.

    Isrofgarchilik ko‘p bo‘lyapti shu joylarda. Menimcha, amaldorlarimizning ham tanobini bir tortib qo‘yishimiz kerak, hisob-kitobini qilishimiz kerak.


    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil martida bo‘lib o‘tgan videoselektorda dabdabali to‘ylarni qoralagan, ijro organlari rahbarlarining to‘y-marosimlarga borishini taqiqlagan edi.

    «Hamma bir xil to‘y qiladi. Agar birorta rahbar — prokurormi, soliqchimi, hokimmi, chegarachimi — me’yordan chiqsa, o‘sha kuniyoq qamayman. Vazir yo bosh vazir o‘rinbosari 500 kishiga to‘y qilishga yetadigan maoshni qayerdan oladi? Hammasi o‘g‘rilik bu, tagini surishtirsak. O‘g‘rilik!», — degandi o‘shanda Prezident.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak»