11:13 / 21.10.2019
2 450

O‘zbekistondan Tojikistonning Shaydon shahriga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistondan Tojikistonning Shaydon shahriga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan Farg‘onaning Qo‘qon shahridan qo‘shni Tojikistonning Shaydon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

19 oktyabr, shanba kuni MN-28 sonli «Qo‘qon—Shaydon» yo‘nalishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shaydon shahri va Farg‘ona viloyati hokimligi mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qatnov yo‘nalish masofasi 84,5 kilometr bo‘lib, Shaydon shahri tomonidan «Raxsh-RM» kompaniyasiga tegishli mikroavtobuslar hamda Qo‘qon shahridan «Mansur Mirzohid» kompaniyasiga qarashli Isuzu avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘l haqi 23 ming so‘m etib belgilangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondan Tojikistonning Shaydon shahriga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi