09:25 / 09.11.2019
3 825

Qanday holatlarda haydovchilarning "ichgan-ichmaganini" tekshirish mumkin?

Qanday holatlarda haydovchilarning "ichgan-ichmaganini" tekshirish mumkin?
1. Qaysi holatlarda haydovchini mast holda ekanligini tekshirish mumkin?
- haydovchining og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelsa;
- haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasa (chayqalib turishi);
- haydovchining nutqi buzilsa;
- haydovchi qo‘l barmoqlari qaltirasa;
- haydovchi yuz terisi rangi sezilarli o‘zgargan bo‘lsa.

2. Alkogoldan mastlik holati qanday aniqlanadi?
Bu 2 xil usulda amalga oshiriladi:
- maxsus texnik vosita — alkotester yordamida;
- tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish orqali.

3. Mastlik holatini tekshirishda xolislar bo‘lishi kerakmi?
Ha, kamida 2 nafar xolis bo‘lishi shart. Agar, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda tekshiruvni o‘tkazgan bo‘lsa, xolis bo‘lishi shart emas.

4. Tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlasa nima bo‘ladi?
Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga “prava”dan mahrum qilinadi va 3 345 000 so‘m miqdorida jarimaga tortiladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik “prava”si yo‘q shaxs tomonidan sodir etilsa, 6 690 000 so‘m miqdorida jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.

5. Velosiped haydovchisi ham mastlik bo‘yicha tekshirilishi mumkinmi?
Albatta, tekshirishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 669 000 so‘m miqdorda jarima qo‘llaniladi.

6. Haydovchi alkotester yordamida tekshirilganda, alkogol ta’siridan mast ekanligi aniqlanmasa, biroq giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligi belgilari mavjud bo‘lsa, nima bo‘ladi?
Ushbu holatda shaxs tibbiy tekshiruvga olib boriladi.
Haydovchi narkologik dispanserlarda narkologlar tomonidan yoki tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokorlar tomonidan tekshiriladi.

7. Tibbiy tekshiruv qancha vaqt ichida o‘tkaziladi.
Transport vositasi haydovchisi to‘xtatilgan (yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan) paytdan boshlab uzog‘i bilan 1 soat ichida tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

8. Shaxs qachon alkogol mahsulot ta’sirida mast bo‘lgan deb topiladi?
- haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lari konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda (alkotester yordamida aniqlanadi);
- alkogol mahsulotining qondagi konsentratsiyasi 0,3 promille va undan ortiq bo‘lganda (tibbiyot muassasasida aniqlanadi).

9. Tibbiy tekshiruv xulosasiga nisbatan e’tirozlar mavjud bo‘lsa-chi?
Bunday holda haydovchi boshqa tibbiyot muassasasida qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini talab qilishga haqli.

Qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish mastlik alomatlari aniqlangan yoki yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan vaqtdan e’tiboran 2 soat ichida boshqa yaqin masofada joylashgan tibbiyot muassasasida amalga oshiriladi.

10. Mastlik holati tasdiqlanganda qanday javobgarlik chorasi qo‘llaniladi?
Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga “prava”dan mahrum qilinadi va 5 575 000 so‘m miqdorida jarimaga tortiladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik “prava”si yo‘q shaxs tomonidan sodir etilsa, 8 920 000 so‘m miqdorida jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.

Manba: Huquqiy axborot telegram kanali

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday holatlarda haydovchilarning "ichgan-ichmaganini" tekshirish mumkin?