Rossiya O‘zbekistonning savdo hamkorlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egallashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo anjumani doirasida aytib o‘tdi.
Rossiya elchisining ta’kidlashicha, ayni vaqtda O‘zbekistonning bosh savdo hamkori Xitoy hisoblanadi, Rossiya esa 2-o‘rinni egallaydi. “Biz 1-o‘rinni qaytarishimizga umid qilamiz”, deb aytgan Tyurdenev.
Uning ta’kidlashicha, oxirgi yillarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik ittifoqchilik va hamkorlik munosabatlari sifatan yangi ko‘rinish olgan. “Ob’ektiv omillar bor, birinchi navbatda iqtisodiy. Hozir juda muhim loyiha – Rossiya dizayni bo‘yicha atom elektr stansiyasi qurilishi amalga oshirilmoqda. Bunday AES yaratilishi iqtisodiy zaruratdir. Loyiha O‘zbekiston uchun juda istiqbolli va muhimdir”, deb ta’kidlab o‘tgan elchi.
Elchi, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya neft-gaz kompaniyalari faol ishlayotganiga e’tibor qaratgan. “O‘zbekistonda Rossiyaning 9 mlrd dollarlik sarmoyasidan 8 mlrdi “Lukoyl” hissasiga to‘g‘ri keladi, biroq boshqa kompaniyalar ham olg‘a bormoqda. Biz bu yerda jiddiy maqsadlarni ko‘zlayotgan, jumladan geologik qidirish ishlarini olib borayotgan “Gazprom”ni ham hisobdan chiqarmasligimiz kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya elchisi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi