Haydovchini bog‘lab qo‘yib, «Spark»ni olib qochgan shaxslar ushlandi

  • 13 noyabr 2019, 18:17
  • 811
  • Jamiyat
  • Haydovchini bog‘lab qo‘yib, «Spark»ni olib qochgan shaxslar ushlandi
    Joriy yilning 11 noyabr kuni tungi 03:30larda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 3 nafar noma’lum shaxs kuch ishlatish yo‘li bilan "Spark" rusumli avtoulov haydovchisi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro A.D.ning oyoq va qo‘lini bog‘lab, yo‘l yoqasida tashlab ketishgan.

    Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu shaxslar haydovchi boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtoulovni olib qochib ketishgan.

    Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida avtoulov Toshkent tumani “Chuvalachi” mahallasida harakatlanayotganligi aniqlanib, Toshkent tumani IIB va YHXB xodimlari tomonidan to‘sib ushlash yo‘li bilan qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Haydovchini bog‘lab qo‘yib, «Spark»ni olib qochgan shaxslar ushlandi