16:38 / 14.11.2019
3 037

Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida

Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida
Viloyatda 2019 yil hosili uchun 73 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilindi. Joriy yilda viloyatda 219 ming 600 tonna paxta xom ashyosini yetishtirish uchun 1 ming 394 nafar fermer xo‘jaliklari hamda 6 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzilib, o‘rtacha hosildorlik gektariga 30,1 sentnerni tashkil etdi.

Viloyatda 806 ta paxta yig‘im-terim otryadlari tashkil etilib, ularga 161 ming nafar terimchilar biriktirildi. Shundan, 42 ming nafarini fermer xo‘jaliklari va klasterlarning ishchilari, 62 ming nafarini uyushmagan aholining ko‘ngilli terimchilari tashkil etadi.
Bundan tashqari, viloyatning meva-sabzavotchilik tumanlari va shaharlardan jami 57 ming nafar hasharchilar viloyatning paxta yetishtiruvchi tumanlariga yordamga jalb etildi.

Hasharchi terimchilar sonidan kelib chiqib, viloyatning paxta yetishtiruvchi tumanlarida 1 ming 360 ta yotoq joylari terim mavsumiga tayyorlab berildi.
Shuningdek, terim mavsumi uchun zarur bo‘ladigan 806 ta transport traktori, 1 ming 612 ta tirkama, 1 ming 612 ta yopinchiq, 242 ming ta fartuk, 1 ming 612 ta tarozi, qozon-o‘choq, samovar, suv saqlash baklari va kerakli jixozlar bilan xizmat ko‘rsatilmoqda.

Belgilangan marra chizig‘iga birinchilardan bo‘lib, Chinoz tumani paxtakorlari yetib kelishib, birin ketin Quyichirchiq, Piskent, O‘rtachirchiq, Oqqo‘rg‘on, Yuqorichirchiq va Bo‘ka tumanlari shartnomaviy rejani ortig‘i bilan bajarib, mavsum yakuniga qadar Yangiyo‘l hamda Bekobod tumanlari paxtakorlari ham marra sari olg‘a borishga intilishmoqda.
Yig‘im terim ishlarining uyushqoqlik bilan borishida Inspeksiyaning viloyat hamda tuman bo‘limlari xodimlari faol ishtirok etishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida