20:26 / 14.11.2019
4 099

Saida Mirziyoyeva: “To‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi, asosiysi, foydasi sezildi”

Saida Mirziyoyeva: “To‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi, asosiysi, foydasi sezildi”
14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot kotiblar hamda mamlakat media vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir xususida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva facebook‘dagi sahifasi orqali o‘z munosabatini bildirdi.

“Bugun barcha matbuot kotiblar hamda mamlakat media vakillarini to‘plab, ikki tomonni bir biri bilan yuzlashtirdik.
Tadbirda fikrlar ochiqchasiga gapirildi, o‘rtadagi muammolar muhokama qilindi. Achchiq tanqidlar ham bo‘ldi, to‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi. Asosiysi, foydasi sezildi.

Sifatli hamkorlik uchun rosa kerak bunday uchrashuvlar. Bu endi tizimli bo‘ladi. Shu orqali matbuot xizmatlari tomonidan aholiga o‘z vaqtida yangiliklarni berib borilishiga erishamiz, albatta”.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva: “To‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi, asosiysi, foydasi sezildi”