14:30 / 18.11.2019
2 557

Sergelida mikroavtobus yonib ketdi

Sergelida mikroavtobus yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi
Toshkent shahrida oʻtgan sutka davomida 5ta yongʻin holati qayd etilgan boʻlib, shulardan 4tasi qurigan oʻsimlik va xazonlarni yonishi bilan bogʻliq boʻlgan yongʻinlarni tashkil etmoqda. Yongʻinlarda insonlarni halok boʻlish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xabariga koʻra, 2019-yil 17-noyabr kuni soat 15:22da, Sergeli tumani, TXAY koʻchasi Erkin koʻrigi oldida “Istana” rusumli mikroavtobus yongan. Yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat 15:30da yetib borgan va koʻrilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yongʻin soat 15:35da bartaraf etilgan.

Yongʻin avtotransport vositasining elektr simlarida vujudga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir boʻlgan, deb taxmin qilinmoqda. Yongʻindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yongʻin joyiga 2 ta yongʻin oʻchirish texnikasi jalb qilingan.

Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyekt rahbar hamda xodimlaridan, shuningdek fuqarolardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishni soʻragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida mikroavtobus yonib ketdi