14:23 / 06.12.2019
2 741

Huquqbuzarlar energiya resurslariga yetkazilgan 1,7 mlrd. so‘m zararni qopladi

Huquqbuzarlar energiya resurslariga yetkazilgan 1,7 mlrd. so‘m zararni qopladi
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan energiya va suv resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik va talon-toroj qilish holatlariga qarshi murosasiz kurashib kelinmoqda.
Xususan, o‘tgan davr mobaynida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 1187 ta holatda elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlardan energiya resurslariga yetkazilgan 1 mlrd. 726 mln. so‘mlik zarar undirilishi ta’minlandi.
Jumladan, “J.M” fermer xo‘jaligi rahbari o‘zboshimchalik bilan fermer xo‘jaligini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Fermer xo‘jaligi tomonidan ta’minotchi korxonaga 15,5 mln. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, zarar undirilishi ta’minlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Huquqbuzarlar energiya resurslariga yetkazilgan 1,7 mlrd. so‘m zararni qopladi