11:15 / 07.12.2019
3 412

MIB OAV xodimlariga tashakkurnoma bildirdi

MIB OAV xodimlariga tashakkurnoma bildirdi
Joriy yilning 6 dekabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyat boshqarmasida ommaviy axborot vositalari jamoatchilik vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Byuroning viloyat boshqarmasi hamda tuman(shahar) bo‘limlari mas’ul xodimlari, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Byuroning viloyat boshqarmasi tizimida 700 dan ortiq xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Boshqarmaning xududiy bo‘limlari tomonidan yil boshidan buyon jami 858,5 mlrd. so‘m (elektr –424,3 mlrd, gaz –371,7 mlrd, suv –45,2 mlrd, maishiy chiqindi –17,3 mlrd) mablag‘ undirilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 287,2 mlrd. so‘mga yoki 33,4% ko‘paygan.
Joriy yilning o‘tgan davrida 494,3 mlrd. so‘mlik 120 188 ta ijro hujjatlarining amalda ijrosi ta’minlangan, undiruv 26 foizga o‘sgan.

Yana bir muhim jihat, Byuroda - qarzdor jismoniy shaxslar, ularning mol-mulklari hamda undiruvchiga olib berish kerak bo‘lgan bolani qidirish bo‘yicha maxsus qidiruv guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Guruh xodimlari tezkor tadbirlari natijasida o‘tgan davrda, qidiruvdagi 480 nafar shaxsdan 265 nafari topilib, ulardan 619 mln. so‘mlik qarzdorlik undirilgan.

Ish yurituvdagi 18331 ta aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochilarining sa’y-harakatlari natijasida 1299 nafar qarzdordan farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lovlar to‘liq undirilgan bo‘lsa, 79 ta oila yarashtirildi, shu bilan birga 135 nafar ishsiz aliment to‘lovchi ishga joylashtirildi.

Hududiy bo‘limlar tomonidan energiya resurslari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga qiynalayotgan, kam ta’minlangan ehtiyojmand va muhtojmand oilalarga ko‘maklashishni istayotgan fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida 23 ta oilaning qariyb 4 mln. so‘mlik elektr energiyasi va 19 ta ehtiyojmand oilaning 16,3 mln. so‘mlik tabiiy gaz to‘lovlari saxovatpesha insonlar tomonidan to‘lab berilishi ta’minlandi.

Energiya resurslari va ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-torojliklar va boshqa suiste’molchiliklarni fosh qilish borasida 2 mlrd. 904,8 mln. so‘mlik 1125 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Byuro organlariga kelib tushgan har bir murojaat alohida nazoratga olinib, kelib tushgan 6517 ta murojaatlarning 6130 tasi yoki 94 foizi qonuniy hal qilindi, 2001 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi, joylarda o‘tkazilgan sayyor qabullarda 415 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari qonuniy hal qilindi.

Tadbir davomida qonun ustuvorligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish sohasida huquqbuzarliklarni oldini olish va to‘lov intizomini mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun jurnalist M.Shakarova, “Bukhara news” ijtimoiy tarmog‘i blogeri Sh.Kamolov, Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari O.Jo‘rayev, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi sektor rahbari N.Quvonchevalarga “Tashakkurnoma”lar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB OAV xodimlariga tashakkurnoma bildirdi